Valyuta kurslari 29/01/2026
$1 – 12168.98
UZS – 0,34%
€1 – 14588.17
UZS – 1,17%
₽1 – 159.89
UZS – 0,86%
Qidirish
Xorazm viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish holati Milliy kengash yig‘ilishida tanqidiy muhokama qilindi

Xorazm viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish holati Milliy kengash yig‘ilishida tanqidiy muhokama qilindi

Xorazm viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish holati Milliy kengash yig‘ilishida tanqidiy muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashining Xorazm viloyati Hazorasp tumanida o‘tkazilgan sayyor majlisida viloyatda  korrupsiyaga qarshi kurashish holati tanqidiy muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, viloyatda 2025-yilda 2024-yilga nisbatan korrupsiyaviy jinoyatlar soni 34 foizga kamaygan.
Biroq, o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan ayrim sohalarda korrupsiya omillarini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar  ijrosi yetarlicha taʼminlanmayotgani aniqlandi.

Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov  axborot berdi.
—2025-yilda viloyatda manfaatlar to‘qnashuviga yo'l qo'yganligi va davlat xizmatida tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga oid  cheklovlarga oid qonunchilikka amal qilmaganligi uchun 12 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan,, — dedi A.Burxanov.

Shunga qaramay, viloyat, tuman va shahar hokimliklarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 60 ga yaqin boshqaruv xodimlarining tadbirkorlik subyektlarida taʼsischi yoki rahbar sifatidagi faoliyati saqlanib qolayotgani maʼlum bo‘ldi.  
Majlisda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid vazifalarni amalga oshirishda tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 10 nafardan ortiq masʼul rahbarga nisbatan qatʼiy choralar ko‘rish bo‘yicha Milliy kengashga taklif kiritilgani maʼlum qilindi. 

Bu borada sohalarga mas‘ul rahbarlarning tushuntirishlari tinglandi. 
Majlisda Hazorasp tumanini “Korrupsiyadan xoli hudud”ga aylantirishga oid alohida amaliy chora-tadbirlar belgilandi. 

Muhokama yakunida mas‘ullar zimmasiga tegishli vazifalar yuklanib, ularning bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling