Xorazm viloyatida IIBning katta tezkor xodimi 30 ming dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi
Xorazm viloyatida IIBning katta tezkor xodimi 30 ming dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xorazm viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmatining katta tezkor vakili Xiva shahri hududidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ekish uchun ajratilgan 12 sotix yer maydonida uy-joy qurish uchun hokimiyat idoralarida ishlovchi mansabdor tanishlari orqali ruxsat olib berish evaziga fuqarodan 30 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar vazirligining Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.