Xorazm viloyatida avtomobil yo‘lovchi poyezd bilan to‘qnashdi, haydovchi shifoxonaga yotqizildi
Xorazm viloyatida avtomobil yo‘lovchi poyezd bilan to‘qnashdi, haydovchi shifoxonaga yotqizildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yo‘l-transport hodisasi 1 yanvar kuni soat taxminan 14:50 da Shovot tumani hududidan o‘tuvchi 9v-012 avtomobil yo‘lining 21-kilometrida sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmati xabar qildi.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 1995 yilda tug‘ilgan Cobalt avtomobili haydovchisi Shovot — Urganch yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda Yo‘l harakati qoidalarining 116 va 117-bandlari talablariga rioya qilmagan. U taqiqlovchi qizil svetofor signali va o‘rnatilgan yo‘l belgilarga qaramasdan, qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasiga chiqib ketib, №124 reysdagi yo‘lovchi poyezdga yo‘l bermagan.
Natijada poyezd vagon bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida haydovchi tan jarohatlari olgan va tibbiy muassasaga yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.