Xolid Al-Anani YUNESKOning yangi bosh direktori etib saylandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida Samarqand shahrida delegatlar tashkilotning yangi Bosh direktori etib Helvon universiteti professori, yirik misrshunos olim Xolid El-Enanini sayladilar.
U 174 ovozdan 172 tasini qo‘lga kiritdi. El-Enani 2017-yildan beri YUNESKOni boshqarib kelgan Odri Azuleyning o‘rnini egallaydi.
Lavozimni topshirish marosimi 2025-yil 15-noyabrda bo‘lib o‘tadi.
Professor El-Enani ilmiy faoliyat va ta’lim sohasida 30 yildan ortiq tajribaga ega.
U ilgari Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyi hamda Qohira muzeyiga rahbarlik qilgan, 2016-yildan 2022-yilgacha esa Misrning Qadimiy yodgorliklar vaziri, keyinchalik Turizm vaziri lavozimlarida ishlagan.
2024-yilda Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) tomonidan madaniy turizm bo‘yicha maxsus elchi sifatida tayinlangan.
El-Enani YUNESKO rahbarligiga kelgan arab dunyosining birinchi vakili va tashkilot tarixidagi ikkinchi afrikalikdir.
Uning saylanishi tinchlik va madaniy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida YUNESKO faoliyatining yangi bosqichini boshlab beradi.