Valyuta kurslari 30/10/2025
$1 – 11990.53
UZS – -0,12%
€1 – 13959.38
UZS – -0,24%
₽1 – 150.71
UZS – 0,33%
Qidirish
XMK O'zbekistonda kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlaydi

XMK O'zbekistonda kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlaydi

XMK O'zbekistonda kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlaydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 29-oktabr kuni Ishlab chiqarish, agrobiznes va xizmatlar sohalarida Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqalaridagi loyihalari bo‘yicha Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK)ning mintaqaviy rahbari Shelisa Samgi hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda XMKning investitsiya bo‘yicha mutaxassisi Alisher Abdrahmanov, Kichik operatsion direktor Zarema Axmatova hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi departamenti boshlig‘i Timur Xusanov, boshqarma boshlig‘i Amirxon Muydinov va boshqa mas’ul vakillar ishtirok etdi.

Muloqot davomida tomonlar manfaatli hamkorlik aloqalarini kengaytirish, iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda o‘zaro hamkorlikning ahamiyati, jumladan, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar sohasini rivojlantirish, Respublika miqyosidagi 675 ta “chempion” tadbirkorlar bilan qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishda va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, muhokamalar jarayonida tomonlar quyidagi mavzularga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Qishloq xo‘jaligi sohasida agrobiznesni rivojlantirish hamda XMKning “Agri connect initiative” loyihasi doirasida “Agrostar holding” korxonasi bilan hamkorlik qilish;

Iqtisodiyotda xizmatlar sohasining ahamiyati, turizm, sun’iy intellekt texnologoyalarini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilgan imkoniyatlar, innovatsion va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash;

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish hamda yangi zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish;

Kichik va o‘rta tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda sohani rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, yuqori sur’atlarda o‘suvchi “chempion” tadbirkorlar bilan ishlash;

Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda yuqoridagi masalalar yuzasidan fikrlar almashinuvi jarayonlari kengaytirish yuzasidan kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling