Xivada "O‘zgaruvchan dunyoda strategik hamkorlik" mavzusida Markaziy Osiyo va Germaniya ekspertlarining forumi bo‘lib o‘tadi

Xivada "O‘zgaruvchan dunyoda strategik hamkorlik" mavzusida Markaziy Osiyo va Germaniya ekspertlarining forumi bo‘lib o‘tadi

Xivada "O‘zgaruvchan dunyoda strategik hamkorlik" mavzusida Markaziy Osiyo va Germaniya ekspertlarining forumi bo‘lib o‘tadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 16-17-aprel kunlari Xiva shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniya ekspertlarining birinchi forumi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil sentyabr oyida Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan "Markaziy Osiyo - Germaniya" sammitida ilgari surgan tashabbusini amalga oshirish doirasida o‘tkazilmoqda.

Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armaning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi va Fridrix Ebert nomidagi jamg‘armaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etiladi.

Forumda Germaniya va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan yetakchi tahlil markazlari rahbarlari, nufuzli ekspertlar, ilmiy va taʼlim doiralari vakillari hamda biznes hamjamiyati vakillari kabi 50 dan ortiq ishtirokchi ishtirok etadi.

Uchrashuvdan maqsad "Markaziy Osiyo + Germaniya" formatini sifatli tahliliy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashga qaratilgan doimiy faoliyat yurituvchi ekspertlar platformasini ishga tushirishdan iborat.

Muhokamaning asosiy yo‘nalishlari siyosiy muloqotni chuqurlashtirish va iqtisodiy kooperatsiya va sanoat sherikligini rivojlantirish, raqamli transformatsiyani jadallashtirish, shuningdek, akademik almashinuvlar va uyushgan mehnat migratsiyasini rivojlantirish orqali inson kapitaliga sarmoya kiritish kabi masalalarni qamrab oladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling