Xiva shahrida “Pahlavon Mahmud - strongmen games” xalqaro turniri boshlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun, 12-iyun kuni Xiva shahrida “V International Pahlavon Mahmud Strongmen Games” xalqaro turniriga start berildi.
Kunning dastlabki birinchi yarmida musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Turizm qo‘mitasi, Xorazm viloyati va Xiva shahar hokimliklari, Xalqaro Strongmen federatsiyasi rasmiylari, sportchilar, ommaviy axborot vositalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
20 ga yaqin davlatdan tashrif buyurgan sportchilar dastlab 2 ta yo‘nalishda o‘z omadini sinovdan o‘tkazadi.
Ushbu nufuzli musobaqaning birinchi bosqichida alp qomat yigitlar birinchi marta 200 kilolik qumdan tayyorlangan yuklamani Qoʼqon aravasiga yuklab, 20 metrga kim tez olib kelish boʼyicha bellashayapti.
Umuman olganda, ushbu turnirda polvonlarning nafaqat kuchi, balki epchillligi, chaqqonligi va bardoshliligi ham sinovdan oʼtkaziladi.