Xiva National Geographic nashri tomonidan 2026-yilning sayohat uchun eng yaxshi yo‘nalishlari ro‘yxatiga kiritildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — National Geographic jurnali muharrirlari, fotograflari va izlanuvchilari tomonidan tanlab olingan 2026-yilning eng yaxshi sayohat yo‘nalishlarining ro‘yxatini e’lon qildi.
Xiva ochiq osmon ostidagi shahar muzeyida YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Ichan-Qal’ada kun bo‘yi sayr qilishingiz mumkin. Bu yerda geometrik naqshli koshinlar bilan qoplangan yodgorliklar, yog‘och ustunli masjid va hashamatli saroylar puxta ta’mirlangan bo‘lib, ularni tomosha qilish imkoniyati mavjud.
Shahar turistik imkoniyatlarini jadal kengaytirmoqda. Akvapark va amfiteatrga ega yangi "Arda Xiva" yangi turizm maskani Xivani tarix va hordiq chiqarishni uyg‘unlashtirgan holda oilaviy dam olish uchun ham jozibador qilmoqda.
Bundan tashqari, Xiva boy madaniy hayotni taqdim etadi. Yil davomida bu yerda turli xil yorqin tadbirlar o‘tkaziladi: Xalqaro lazgi raqs festivali, shoir, Pahlavon Mahmud nomidagi polvonlar bellashuvi, shuningdek, uch kunlik Qovun sayli festivali. Bularning barchasi Xivani nafaqat go‘zal, balki 2026-yilda tashrif buyurishga arziydigan jonli manzilga aylantiradi.