Valyuta kurslari 17/12/2025
$1 – 12105.56
UZS – -0,2%
€1 – 14232.51
UZS – -0,09%
₽1 – 152.56
UZS – -0,31%
Qidirish
Xitoyning ZTT Group kompaniyasi Navoiy sanoat zonasida investitsiya imkoniyatlarini o'rganmoqda

Xitoyning ZTT Group kompaniyasi Navoiy sanoat zonasida investitsiya imkoniyatlarini o'rganmoqda

Xitoyning ZTT Group kompaniyasi Navoiy sanoat zonasida investitsiya imkoniyatlarini o'rganmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 15-dekabr kuni ISSV o‘rinbosari Ilzat Kasimov Xitoyning ZTT Group kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Muzokaralar davomida Xitoy tomoniga mamlakatning investitsiyaviy muhiti, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari, shuningdek xorijiy investorlar uchun amalda mavjud soliq va bojxona imtiyozlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi.

Shuningdek, sanoat ishlab chiqarishini mahalliylashtirish va yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.

Muzokaralar doirasida “Navoiy” EIZning imkoniyatlari ham taqdim etildi. Delegatsiyaga uning qulay joylashuvi, tayyor muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi, sanoat obyektlarini joylashtirish shartlari hamda investorlarni “yagona oyna” tamoyili asosida qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari tushuntirildi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, ZTT Group vakillari “Navoiy” EIZ hududida investitsiya loyihasini amalga oshirishga qiziqish bildirdilar. Tomonlar ehtimoliy loyihaning texnik-iqtisodiy parametrlarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy maslahatlashuvlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

ZTT Group - energetika va telekommunikatsiya infratuzilmasi sohasida yetakchi xitoylik kompaniya bo‘lib, yuqori va o‘ta yuqori kuchlanishli kabellar, optik tolali mahsulotlar hamda kompleks energetik yechimlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling