Valyuta kurslari 19/09/2025
$1 – 12314.71
UZS – 0,49%
€1 – 14579.39
UZS – 0,43%
₽1 – 148.26
UZS – 0,25%
Qidirish
Xitoyning Yaxing Guoji Maoyi kompaniyasi Samarqand viloyatida elektroskuterlar ishlab chiqarishga 28 million dollar sarmoya kiritmoqda

Xitoyning Yaxing Guoji Maoyi kompaniyasi Samarqand viloyatida elektroskuterlar ishlab chiqarishga 28 million dollar sarmoya kiritmoqda

Xitoyning Yaxing Guoji Maoyi kompaniyasi Samarqand viloyatida elektroskuterlar ishlab chiqarishga 28 million dollar sarmoya kiritmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Xitoyning «YAXING GUOJI MAOYI» mas’uliyati cheklangan jamiyati mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Investorlar Oqdaryo tumanida amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan 28 mln AQSH dollari qiymatidagi loyihani taqdim etdilar. Kompaniya alkogolsiz ichimliklar, kir yuvish kukuni, 2, 3 va 4 g‘ildirakli zamonaviy elektrosomakatlar, shuningdek, quyosh panelida ishlaydigan ko‘cha chiroqlarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Birinchi bosqichda 16,5 mln dollar o‘zlashtirilib, korxona 2026-yil fevral oyida ishga tushishi ko‘zda tutilmoqda. Biroq, ishlab chiqarishni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yish uchun Oqdaryo tumanidagi «Urgut» EIZ filiali joylashgan Dahbed massiviga olib boruvchi avtomobil yo‘lini qurish zarur. Investorlar aynan shu masalada viloyat rahbariga murojaat qildi.

Adiz Boboyev avtomobil yo‘llari boshqarmasi mutasaddilariga masalani tezkor hal etishni topshirdi va xitoylik tadbirkorlarga barcha masalalarda qonun doirasida yordam ko‘rsatilishini ta’kidladi.

Tomonlar, shuningdek, loyihani amalga oshirish bosqichlarini muhokama qilib, keyingi hamkorlik qadamlarini belgilab oldilar.

Ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi bilan hududda 40 ta yangi ish o‘rni yaratiladi, bu esa tumanning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga katta hissa qo‘shadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling