Valyuta kurslari 15/08/2025
$1 – 12581.97
UZS – 0,67%
€1 – 14698.26
UZS – 0,27%
₽1 – 157.75
UZS – 0,61%
Qidirish
Iqtisod 16/08/2025 Xitoyning Simple Leasing kompaniyasi Toshkent viloyatidagi charm sanoatini modernizatsiya qilishga sarmoya kiritmoqda

Xitoyning Simple Leasing kompaniyasi Toshkent viloyatidagi charm sanoatini modernizatsiya qilishga sarmoya kiritmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston charm-poyabzal sanoatiga qator yirik investitsiyalarni jalb etish jarayonida yana bir muhim qadam qo‘yildi. Xitoyning Simple Leasing kompaniyasi mamlakatimizda 5 million dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritish niyatini bildirdi.

Dastlabki muzokaralar Toshkent viloyatidagi “Angren Charm” MChJ bilan olib borildi. Loyiha doirasida zamonaviy texnologik uskunalarni jalb qilish, mahsulot turlarini kengaytirish va eksport salohiyatini oshirish rejalashtirilmoqda.

“O‘zcharmsanoat” uyushmasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda loyihani amalga oshirishning tashkiliy va huquqiy jihatlari muhokama qilindi. Muloqot davomida tomonlar texnik talablar, ishlab chiqarish hajmi, bozor segmentlari va eksport yo‘nalishlari bo‘yicha aniq takliflar almashdilar.

Simple Leasing kompaniyasi sentyabr oyida O‘zbekistonga katta delegatsiya bilan kelishi va kelishuvni imzolashi kutilmoqda. Ushbu tashrif davomida ishlab chiqarish maydonlari bilan tanishish, mahalliy sheriklar bilan shartnoma shartlarini yakunlash va hamkorlik bo‘yicha kelishuvni imzolash maqsad qilingan.

O‘z navbatida, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi rahbariyati mazkur hamkorlik O‘zbekiston charm sanoatiga xalqaro moliya va texnologiyalarni jalb qilishda yana bir qadam bo‘lishini ta’kidladi. Loyiha amalga oshirilganda, mahalliy bozorda ish o‘rinlari ko‘payishi, mahsulot sifatining oshishi va tashqi bozorlarda raqobatbardoshlik kuchayishi kutilmoqda.

Simple Leasing — Xitoydagi moliya va uskunalar lizingi bo‘yicha ixtisoslashgan kompaniya bo‘lib, turli sohalardagi ishlab chiqarish loyihalariga investitsiya kiritish tajribasiga ega. Kompaniyaning xalqaro portfeli sanoat, qishloq xo‘jaligi va logistika yo‘nalishlarini qamrab oladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling