Valyuta kurslari 14/10/2025
$1 – 12149.55
UZS – 0,07%
€1 – 14087.40
UZS – 0,24%
₽1 – 150.44
UZS – 0,69%
Qidirish
Xitoyning Shandun shahri EPC shartnomasi boʻyicha Toshkentdagi ikkita podstansiyani modernizatsiya qiladi

Xitoyning Shandun shahri EPC shartnomasi boʻyicha Toshkentdagi ikkita podstansiyani modernizatsiya qiladi

Xitoyning Shandun shahri EPC shartnomasi boʻyicha Toshkentdagi ikkita podstansiyani modernizatsiya qiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Xitoyning “Shandong Electrical Engineering & Equipment Group Co., Ltd.” kompaniyasi o‘rtasida Toshkent shahridagi 220 kV kuchlanishli “Zafar” va “Fayziobod” podstansiyalarini loyihalashtirish, yetkazib berish va o‘rnatish (EPC) ishlari bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Loyihaning asosiy maqsadi — ushbu podstansiyalarni zamonaviy elegaz izolyatsiyali komplekt taqsimlovchi qurilma (KRUE) podstansiyalariga aylantirishdir.

Loyiha amalga oshirilishi natijasida quyidagi ustuvor natijalarga erishiladi:

  • inson omilining ta’sirini minimallashtirish;
  • tashqi iqlim sharoitlarining salbiy ta’sirini kamaytirish;
  • ekspluatatsiya va texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning xavfsizligini oshirish;
  • podstansiyalarning ishonchli ishlashini ta’minlash;
  • atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish;
  • podstansiyalarning zamonaviy estetik ko‘rinishini shakllantirish;
  • ish faoliyatini optimallashtirish;
  • ilg‘or texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalardan foydalanish.

Mazkur loyiha O‘zbekiston energetika tizimini zamonaviylashtirish va uning barqaror ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling