Xitoyning Jinggong Steel Building kompaniyasi Chirchiq texnologiya parkida mahalliylashtirish imkoniyatlarini o'rganmoqda
Xitoyning Jinggong Steel Building kompaniyasi Chirchiq texnologiya parkida mahalliylashtirish imkoniyatlarini o'rganmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki mutaxassislari Xitoy Xalq Respublikasining Jinggong Steel Building kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdilar.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad texnopark faoliyati va infratuzilmasi bilan tanishish, shuningdek, ishlab chiqarishni joylashtirish mumkin bo‘lgan binolarni ko‘rib chiqishdan iborat bo'ldi.
Texnopark mutaxassislari muzokaralar ishtirokchilariga texnopark hududida ishlab chiqarishni joylashtirish afzalliklari, jumladan soliq va bojxona imtiyozlari haqida ma’lumot taqdim etdilar.
Yangi salohiyatli rezidentlar bilan muzokaralar yangi loyihalarni ishga tushirish va ish o‘rinlarini yaratish uchun yangi imkoniyatlarni ochadi. "Chirchiq" texnoparki yangi investorlarni jalb qilish bo‘yicha faol ishlarni davom ettirmoqda.