Valyuta kurslari 30/03/2026
$1 – 12195.50
UZS – 0,13%
€1 – 14049.22
UZS – -0,22%
₽1 – 149.71
UZS – 0,8%
Qidirish
Xitoyning "China Eastern" aviakompaniyasi Toshkent va Shanxayni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘ladi

Xitoyning "China Eastern" aviakompaniyasi Toshkent va Shanxayni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘ladi

Xitoyning "China Eastern" aviakompaniyasi Toshkent va Shanxayni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘ladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoyning "China Eastern Airlines" aviakompaniyasi Shanxay – Toshkent – Shanxay yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘yib, O‘zbekiston bozoridagi o‘z ishtirokini kengaytirmoqda.

30-mart kuni "China Eastern Airlines" aviakompaniyasining Shanxaydan uchgan MU6037 reysi mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Bortida 265 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot an’anaga ko‘ra suv arkasi, ekipaj a’zolari esa gullar va bayramona kayfiyat bilan kutib olindi. Shuningdek, poytaxt aeroportida Toshkentdan Shanxayga uchuvchi ilk yo‘lovchilar ham tantanali ravishda ro‘yxatdan o‘tishdi.

Ushbu yo‘nalishning ochilishi Xitoyning eng yirik megapolisini O‘zbekiston poytaxti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lab, yo‘lovchilarga sayohat qilish, turizmni rivojlantirish va ishbilarmonlik hamkorligi uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Parvozlar haftasiga to‘rt marta — dushanba, seshanba, payshanba va shanba kunlari qulay Airbus A330 samolyotlarida amalga oshiriladi. Safar davomiyligi taxminan 8 soatni tashkil etadi.

"China Eastern Airlines" — 1988-yilda tashkil etilgan, shtab-kvartirasi Shanxayda joylashgan Xitoyning yetakchi aviakompaniyalaridan biridir. Aaviatashuvchi O‘zbekiston bozoriga ilk bor o‘tgan yilning iyul oyida Sian – Toshkent – Sian yo‘nalishini ochish bilan kirib kelgan edi va ushbu yo‘nalish yo‘lovchilar orasida ommalashishga ulgurdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling