Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Xitoyning “Beijing Jinshengyuan New Energy Technology” kompaniyasi “Navoiyazot” bilan hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoyning “Beijing Jinshengyuan New Energy Technology” kompaniyasi vakillari “Navoiyazot”AJda bo‘lishdi. Xorijlik mutaxassislar barpo etilishi kutilayotgan ishlatilgan simobli katalizatorlarni tiklash va qayta ishlash loyihasi bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.
Mehmonlar jamiyatda bu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.
Korxonaning mas’ul vakillari loyihaning qurilishidan boshlab uni ishga tushirishgacha bo‘lgan davrda xitoylik mutaxassislar bilan ma’lumot va tajriba almashinuvida amaliy ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.