Valyuta kurslari 16/10/2025
$1 – 12233.67
UZS – 0,4%
€1 – 14233.88
UZS – 1,08%
₽1 – 154.84
UZS – 1,48%
Qidirish
Xitoylik shifokorlar ishtirokida Urganchda 318 nafar bemorda katarakta operatsiyasi muvafaqqiyatli amalga oshirildi

Xitoylik shifokorlar ishtirokida Urganchda 318 nafar bemorda katarakta operatsiyasi muvafaqqiyatli amalga oshirildi

Xitoylik shifokorlar ishtirokida Urganchda 318 nafar bemorda katarakta operatsiyasi muvafaqqiyatli amalga oshirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Urganch shahrida xitoylik shifokorlar ishtirokidagi xalqaro miqyosdagi "Nur Safar" insonparvarlik loyihasi muvaffaqiyatli yakunlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri

8 kun davomida o'tkazilgan ushbu tadbirda Xitoy va O'zbekiston mutaxassislari hamkorligida 318 ta katarakta operatsiyasini FAKO (fakoemulsifikatsiya) usulida amalga oshirildi.

"Nur Safar" loyihasi Xitoy Milliy sog'liqni saqlash komissiyasi Xalqaro aloqa va hamkorlik markazi tomonidan tashkil etildi. Unda Pekin universiteti Xalq shifoxonasi (Peking University People's Hospital) shifokorlari ko'magida amalga oshirildi. Tadbir Xitoy Raisi

Si Szinpin tomonidan shu yil 1 sentyabr kuni Tyanjin shahrida o'tkazilgan "SHHT plyus" formatidagi muloqot chog'ida ilgari surilgan g'oyalariga muvofiq, SHHT davlatlari uchun 5000 ta katarakta operatsiyasini amalga oshirish maqsadining ilk amaliy bosqichi hisoblanadi.

 Xitoy tibbiyot guruhi a'zolari kuniga 62 nafar kishida jarrohlik amaliyotini o'tkazdi. Shuningdek, Samarqanddan kelgan tug'ma mikroftalmiya va glaukoma bilan og'rigan bemorning ikki ko'zida ham murakkab operatsiya amalga oshirildi.

"Nur Safar" loyihasi davomida nafaqat Urganch shahri aholisi, balki Qoraqalpog'iston Respublikasidan umid qilib kelgan 22 nafar bemorga zarur yordam ko'rsatildi.

Ushbu tibbiyot loyihasi aholi salomatligini yaxshilash barobarida, Xitoy va O'zbekiston o'rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlab, "Sog'lom Ipak yo'li" g'oyasini ro'yobga chiqarishda muhim bosqich bo'ldi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling