Valyuta kurslari 23/10/2025
$1 – 12101.29
UZS – 0,75%
€1 – 14031.45
UZS – 0,53%
₽1 – 148.01
UZS – -0,05%
Qidirish
Xitoylik investor Qo‘shtepada yangi loyihani amalga oshiradi

Xitoylik investor Qo‘shtepada yangi loyihani amalga oshiradi

Xitoylik investor Qo‘shtepada yangi loyihani amalga oshiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Shouguang Honghao Feed Co,.Ltd” kompaniyasi rahbari Fu Jianshuani qabul qildi.

Muloqotda investorlar tomonidan Qo‘shtepa tumanida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyiha haqida so‘z yuritildi.

Kompaniya rahbari Fu Jianshua har xil turdagi gul tuvaklar va plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarish hamda logistika markazi qurish bo‘yicha loyiha taklifini viloyat hokimiga taqdim etdi.

Loyiha uchun 5 mln dollar investorning sarmoyasi yo‘naltiriladi, 70 ta ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Viloyat hokimi loyihani qo‘llab-quvvatlab, maxsus sanoat zonasida buning uchun barcha imkoniyatlar borligini bildirdi.

Investorlar uchun qulay sharoit yaratish va loyihani boshlashda ko‘maklashish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling