Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Xitoyda Farg‘ona viloyati ishtirokida yangi sanoat zonasi ochildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoyning Veyfan shahrida "Haiyue International" kompaniyasi va Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan sanoat zonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona viloyati delegatsiyasi ishtirok etdi.
Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov Farg‘ona viloyatining savdo-iqtisodiy imkoniyatlari hamda yangi tashkil etilayotgan sanoat zonalaridagi investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar haqida taqdimot o‘tkazdi.
Shuningdek, viloyatimizning shahar va tumanlari hokim o‘rinbosarlari, tadbirkorlar hamda 100 dan ortiq Xitoy kompaniyalari ishtirokida davra suhbatlari va B2B uchrashuvlar ham o‘tkazildi.