Valyuta kurslari 23/09/2025
$1 – 12257.13
UZS – -0,75%
€1 – 14434.00
UZS – -0,62%
₽1 – 146.69
UZS – -0,99%
Qidirish
Xitoy kompaniyasi Qashqadaryoda oyna ishlab chiqarishga 80 mln dollar investitsiya kiritadi

Xitoy kompaniyasi Qashqadaryoda oyna ishlab chiqarishga 80 mln dollar investitsiya kiritadi

Xitoy kompaniyasi Qashqadaryoda oyna ishlab chiqarishga 80 mln dollar investitsiya kiritadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov viloyatda sanoatni rivojlantirish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish bo‘yicha xorijiy investorlar bilan muzokaralar olib bordi.

Xitoy kompaniyasi tomonidan ikki bosqichda 80 million AQSH dollar miqdorida investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan. Loyihaga ko‘ra, 10 gektar maydonda 50 ming kvadrat metrli zamonaviy zavod majmuasi hamda 2 ming kvadrat metrlik qo‘shimcha kvars qumini boyitish kompleksi barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu loyiha natijasida 600 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Kelgusida mazkur majmua oyiga 300 ming tonna shisha mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Mahsulotlarni ichki bozor bilan bir qatorda Markaziy Osiyo va Afg‘oniston davlatlariga ham eksport qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

Uchrashuv davomida viloyat hokimi investorlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdi, shuningdek, loyiha kelgusida barqaror ishlashida doimiy qo‘llab-quvvatlashini taʼkidladi.

Uchrashuvda taʼkidlanganidek, Prezidentimiz olib borayotgan oqilona siyosat natijasida viloyatda faoliyat yuritayotgan Xitoy kompaniyalari soni 80 tadan oshdi va ularning loyihalari hudud iqtisodiyotini yana-da rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling