Valyuta kurslari 26/08/2025
$1 – 12305.80
UZS – -0,42%
€1 – 14389.17
UZS – 0,41%
₽1 – 152.56
UZS – -0,61%
Qidirish
Iqtisod 26/08/2025 Xitoy Elektron tijorat palatasi delegatsiyasi “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga tashrif buyurdi

Xitoy Elektron tijorat palatasi delegatsiyasi “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoy Elektronika Savdo Palatasi Prezidenti Van Ning boshchiligidagi delegatsiya “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga tashrif buyurdi.

Xitoy Elektronika Savdo Palatasi (CECC) prezidenti Van Ning boshchiligidagi delegatsiya bugun “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga tashrif buyurdi.

Xususan, Xitoyning elektronika, energetika, avtomobilsozlik, axborot texnologiyalari kabi yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi a10 dan ortiq kompaniyalar vkillari delegatsiya tarkibida ishtirok etdi.

Tashrif doirasida uyushma raisi Mirziyod Yunusov bilan muzokaralar o‘tkazildi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish, texnologik transferni jadallashtirish, investitsiya jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish hamda mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Xitoy delegatsiyasi O‘zbekistonning sanoat salohiyati, elektronika sohasidagi jadal o‘sish sur’atlari va xorijiy hamkorlikka ochiqligini yuksak baholadi. Tomonlar amaliy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda istiqbolli yo‘nalishlarda ishchi guruhlar tashkil etish tashabbusini ilgari surdilar.

Delegatsiya tashrifi doirasida Xitoy kompaniyalari vakillari mahalliy elektrotexnika sanoati korxonalariga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishishlari rejalashtirilgan.

Mazkur tashrif O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida strategik hamkorlikni mustahkamlash hamda mamlakatimizning global elektronika zanjiriga integratsiyasini jadallashtirishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling