Xitoy delegatsiyasi “Toshkent Pharma Park” va farmatsevtika zonalari imkoniyatlari bilan tanishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi delegatsiyasi BRIKS mamlakatlaridagi maxsus iqtisodiy zonalar bo‘yicha hamkorlik markazi rahbariyati, Xitoy Savdo Vazirligi vakili va Xanjou Savdo Palatasi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar ikki tomonlama manfaatli farmatsevtika sohasida qo‘shma loyihalar va investorlarni jalb etish masalalarini muhokama qildilar.
UnicornShell kompaniyasida ham uchrashuv bo‘lib, Tashkent Pharma Park va Farmatsevtika Erkin Iqtisodiy Zonalar taqdimoti o‘tkazildi. Zomin Farma EIZda kapsula ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha muzokara olib borildi.
Xitoy tomon ishlab chiqarish texnologiyalarini yaqindan tanishtirishdi. Xitoy tomonning sentyabr oyida O‘zbekistonga tashrifi va bozor talablari maʼlumotlari almashinuviga kelishib olindi.