Xitoy delegatsiyasi Sirdaryoda turizm loyihalari bilan tanishdi

Xitoy delegatsiyasi Sirdaryoda turizm loyihalari bilan tanishdi

Xitoy delegatsiyasi Sirdaryoda turizm loyihalari bilan tanishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Butunxitoy turizm savdo-sanoat federatsiyasi ijrochi raisi, “Beijing Peak Tourism Culture & Creative” kompaniyasi asoschisi Lyu Fen boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi dasturi doirasida Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida delegatsiya vakillari uchun infotur tashkil etildi va uning davomida mehmonlar viloyatning turizm salohiyati, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdi.

Sirdaryo daryosi bo‘yida 75 gektar hududda qurilishi rejalashtirilgan “Loy jangi” tarixiy tematikparki hamda zamonaviy turizm loyihalari bilan yaqindan tanishdi. 

Mazkur loyiha hududda zamonaviy turizm infratuzilmasini shakllantirish, yangi ish o‘rinlariyaratish hamda ichki va tashqi turizm oqiminioshirishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etdi. 

Loyiha taqdimoti davomida viloyat hokimining o‘rinbosari hamda Turizm boshqarmasi boshlig‘i tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, loyihaning bosqichlari, uning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi. 

Shuningdek, delegatsiya a’zolari Sirdaryo tumanida joylashgan “Ravon Arena” dam olish maskanida bo‘lib, loyiha doirasida amalga oshirilayotgan birinchi bosqich qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Infoturning navbatdagi manzili sifatida delegatsiya Sayhunobod tumaniga tashrif buyurdi. Bu yerda mehmonlar “Fazilat Group” MCHJga qarashli turizm loyihasi bilan yaqindan tanishdi. 

Shuningdek, delegatsiya a’zolari Sayhunobod tumanidagi tabiiy buloq hududiga tashrif buyurib, ushbu hududning ekologik va turistik salohiyati bilan yaqindan tanishdi. Mutasaddilar tomonidan buloq atrofini obodonlashtirish, uni zamonaviy dam olish va ekoturizm maskaniga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Bundan tashqari, mehmonlar hududda ishga tushirilayotgan yangi suv ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan ham tanishdi. Mazkur korxona zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilayotgan bo‘lib, sifatli ichimlik suvi ishlab chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda hudud iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Infotur dasturining keyingi kunida delegatsiya Guliston tumaniga tashrif buyurdi. Erta tongdan mehmonlar Do‘stlik kanali yonbag‘rida tashkil etilgan piyodalar yo‘lagida sayr qilib, hududning so‘lim tabiati va musaffo muhitidan bahramand bo‘ldi.

Shundan so‘ng mehmonlar hududda rejalashtirilayotgan istiqbolli turizm loyihalari uchun ajratilgan maydonlar bilan yaqindan tanishdi. Mutasaddilar tomonidan turizm infratuzilmasini rivojlantirish, mavjud imkoniyatlar hamda investitsiyaviy jozibador yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Delegatsiya a’zolari hududdagi mavjud turizm imkoniyatlarini yuqori baholab, istiqbolli loyihalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Mazkur tashrif ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, investitsiyaviy aloqalarni mustahkamlash hamda yangi turizm loyihalarini hayotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling