Valyuta kurslari 03/10/2025
$1 – 12099.72
UZS – 0,13%
€1 – 14223.22
UZS – 0,18%
₽1 – 148.90
UZS – 1,49%
Qidirish
Xitoy delegatsiyasi O‘zbekiston farmatsevtika sohasiga investitsiya kiritish va texnologiyalar transferiga qiziqish bildirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 30 sentyabr kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov va Xitoy texnologiya bozori assotsiatsiyasi xalqaro hamkorlik qo‘mitasi direktori Chjan Yan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Agentlik direktori mehmonlarga “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri loyihasi, uning imkoniyatlari va investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida taqdimot o‘tkazdi. Xitoylik mehmonlar ham o‘z faoliyat va yo‘nalishlari haqida maʼlumot berdilar.

Uchrashuvda taʼlim dasturlari, sog‘liqni saqlash, ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar (R&D), shuningdek anʼanaviy xitoy tibbiyoti hamda profilaktika yo‘nalishida hamkorlikka qiziqish bildirildi.

Shuningdek, xitoylik delegatsiya O‘zbekistonga investitsiya kiritishga qiziqqan kompaniyalar ro‘yxatini, texnologiya transferiga tayyor korxonalar haqida maʼlumot hamda biotexnologiya va farmatsiya sohasida stipendiya dasturlarini taqdim etish niyatini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling