Valyuta kurslari 19/12/2025
$1 – 12021.61
UZS – -0,32%
€1 – 14092.93
UZS – -0,26%
₽1 – 150.44
UZS – 0,25%
Qidirish
Xitoy delegatsiyasi Makroiqtisodiy va mintaqaviy tadqiqotlar institutiga tashrif buyurdi

Xitoy delegatsiyasi Makroiqtisodiy va mintaqaviy tadqiqotlar institutiga tashrif buyurdi

Xitoy delegatsiyasi Makroiqtisodiy va mintaqaviy tadqiqotlar institutiga tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) da Chan Jile boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi huzuridagi Maslahatchilar devoni delegatsiyasi aʼzolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda asosiy eʼtibor XXR Davlat kengashi huzuridagi Maslahatchilar devoni hamda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti o‘rtasida ilmiy-tahliliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olishga qaratildi.

Muloqot yakunida qishloq xo‘jaligi, sanoat, kambag‘allikni qisqartirish, taʼlim, shuningdek, talabalar va yosh tadqiqotchilar almashinuvi kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Shuningdek, Xitoy delegatsiyasi aʼzolari institutda faoliyat olib borayotgan tadqiqotchilar orasida xotin-qizlar ulushi yuqori ekanligini taʼkidlab, mazkur yo‘nalishda ham qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish va tajriba almashish istagini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling