Valyuta kurslari 02/09/2025
$1 – 12460.70
UZS – -0,17%
€1 – 14545.38
UZS – 0,03%
₽1 – 155.06
UZS – -0,11%
Qidirish
Xitoy bilan salmoqli hujjatlar to‘plami qabul qilindi

Xitoy bilan salmoqli hujjatlar to‘plami qabul qilindi

Xitoy bilan salmoqli hujjatlar to‘plami qabul qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralari yakunida imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘ldi. Shu jumladan:

– “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusini o‘zaro bog‘lash bo‘yicha hamkorlik dasturi;

– Madaniyat markazlarini o‘zaro ta’sis etish to‘g‘risida bitim;

– Tibbiy xizmatlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim.

Bundan tashqari, tashrif doirasida quyidagi kelishuvlar ham imzolandi:

– O‘zbekistonga zemsnaryadlar (texnik kema) berish loyihasining ikkinchi bosqichini loyihalashtirish bo‘yicha;

– texnik-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida;

– muvofiqlikni baholash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;

– O‘zbekistondan Xitoyga qovun va bodom eksport qilishda fitosanitariya talablari to‘g‘risida;

– kosmik fanlar, texnologiyalar va kosmik faoliyat natijalaridan tinchlik maqsadlarida foydalanishda hamkorlik qilish to‘g‘risida;

– raqobat siyosati sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;

– inson resurslarini rivojlantirish sohasida hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha;

– raqamli iqtisodiyot sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha;

– Samarqand viloyati va Tyanszin shahri o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida;

– O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Xitoy Xalqaro savdoga ko‘maklashish kengashi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling