Valyuta kurslari 17/10/2025
$1 – 12160.99
UZS – -0,59%
€1 – 14178.50
UZS – -0,39%
₽1 – 153.92
UZS – -0,59%
Qidirish
Xayrullo Bozorov Janubiy Koreyadagi muvaffaqiyatli hamyurtlar bilan uchrashib, Farg‘ona viloyati uchun investitsiya loyihalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Koreyada o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan va muvaffaqiyatlarga erishayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi.

Janubiy Koreyada 14 yildan buyon yashab kelayotgan farg‘onalik Dilshod Akbarov “Intralink” kompaniyasida direktor. Qo‘l ostida hozir AQSH, Yevropa va Arab mamlakatlaridan kelgan xodimlar ishlaydi.

Janubiy Koreyada 14 yildan buyon yashab kelayotgan farg‘onalik Dilshod Akbarov “Intralink” kompaniyasida direktor. Qo‘l ostida hozir AQSH, Yevropa va Arab mamlakatlaridan kelgan xodimlar ishlaydi.

Aviatsiya sanoati bo‘yicha o‘z tarixiga ega bo‘lgan Farg‘ona viloyatiga AQSH va Yevropa aviasozlik sanoatiga tegishli bo‘lgan investitsiyalarni olib kirish hisobiga ushbu soha tarixini qayta tiklashni maqsad qilgan.

Azizbek To‘ychiyev, Abdulaziz Abdumalikov, Adxamjon Odilov birgalikda Janubiy Koreyada endoskopiya yaʼni disk shurralari, umumiy bel sohasida ishlab chiqarish, bundan tashqari, ilmiy texnikalarni butun dunyoga yetkazib berish bo‘yicha kompaniyada faoliyat olib borishmoqda. 
Farg‘ona vodiysida shu soha bo‘yicha klinika ochish maqsad qilingan. Klinika bel sohasiga asoslangan bo‘lib, undagi potsentlar faqat bel sohasi bo‘yicha jarrohlik amaliyotlari malakali mutaxassislar tomonidan olishi mumkin. Bunda tajribali professor-doktorlar borib, shifokorlarga yangi texnologiyalarni o‘rgatadi.

Muhriddin Ibragimov Amerikadagi NVIDIA kompaniyasining Koreyadagi ofisida ishlaydi. Kompaniya asosiy yo‘nalishi o‘zi boshqariladigan avtomobillar uchun loyihalar yaʼni qurilma va sunʼiy intellekt model tayyorlaydi. Muhriddin 4 yildan buyon ushbu ofisda modellar tayyorlash qismida ishlab kelmoqda. Ko‘proq tajriba orttirib, kelgusida O‘zbekistonga qaytish va mazkur yo‘nalish bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirgan.

Yosh, tajribali hamyurtlarimiz viloyat hokimi bilan muloqotda erishgan yutuqlari, tajribalari va Vatani rivoji uchun kelgusida amalga oshirmoqchi bo‘lgan rejalari bo‘yicha takliflarini bildirdi.

Viloyat hokimi o‘z yurtidan olisda bo‘lib ham shunday ulkan marralarni ko‘zlayotgan shijoatli yoshlarni doimo qo‘llab-quvvatlanishini maʼlum qildi. Ularning kelgusi faoliyatlarida omad tiladi. Yangi loyihalar bo‘yicha tez fursatlarda ko‘rishishdan umidvor ekanligi taʼkidladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling