Xalqaro valyuta jamg'armasi O'zbekiston bilan makroiqtisodiy barqarorlik choralarini muhokama qildi

Xalqaro valyuta jamg'armasi O'zbekiston bilan makroiqtisodiy barqarorlik choralarini muhokama qildi

Xalqaro valyuta jamg'armasi O'zbekiston bilan makroiqtisodiy barqarorlik choralarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 26-mart kuni Xalqaro valyuta jamg‘armasining O‘zbekiston bo‘yicha missiyasi rahbari Yasser Abdih boshchiligidagi delegatsiya hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Umid Abidxadjayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bunda, mamlakatimizda iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, vazirlik mutassaddilari tomonidan tayyorlangan taqdimotda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi, iqtisodiy o‘sishning omillari, o‘rta muddatli makroiqtisodiy prognozlar, shuningdek, ichki va tashqi xatarlar muhokama qilindi.

XVJ vakillari makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuqori baholadilar hamda iqtisodiy siyosatda muvozanatli yondashuvni davom ettirish zarurligini ta’kidladilar. Bundan tashqari, XVJ vakillari tomonidan global iqtisodiy o‘sish sur’atlari, jahon iqtisodiyotidagi kutilmalar va tashqi xatarlar yuzasidan fikr almashildi. 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling