Valyuta kurslari 21/11/2025
$1 – 11914.67
UZS – 0,03%
€1 – 13735.23
UZS – -0,36%
₽1 – 148.27
UZS – 0,53%
Qidirish
Xalqaro valyuta jamg'armasi missiyasining yakuniy uchrashuvi O'zbekistonda bo'lib o'tdi

Xalqaro valyuta jamg'armasi missiyasining yakuniy uchrashuvi O'zbekistonda bo'lib o'tdi

Xalqaro valyuta jamg'armasi missiyasining yakuniy uchrashuvi O'zbekistonda bo'lib o'tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 21-noyabr kuni Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) missiyasi doirasida O‘zbekiston bo‘yicha missiyasi rahbari Yasser Abdih boshchiligidagi delegatsiya vakillari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda XVJ katta iqtisodchisi Etibor Jafarov, O‘rta Sharq va Markaziy Osiyo bilan ishlash bo‘limi katta iqtisodchisi Alexandro Simone, XVJning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Koba Gvenetadze hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki raisi Timur Ishmetov, Milliy statistika qo‘mitasi raisi Behzod Hamroyev va boshqa mas’ul vakillar ishtirok etdi.

Suhbat davomida tomonlar mamlakatimizda iqtisodiy-moliyaviy rivojlanish, xususan, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, inflatsiyani barqaror ravishda kamaytirishda erishilayotgan natijalar va belgilangan maqsadlar, xususiylashtirish jarayonlari va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash, budjet va soliq boshqaruvi masalalari yuzasidan muhokamalar olib bordi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi vakillari tomonidan O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish sur’atlari va rivojlanish istiqbollari ijobiy baholandi. Shuningdek, global iqtisodiy noaniqliklarga qaramasdan, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni oshirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda yuqori natijalar qayd etilayotganligiga e’tibor qaratildi. Mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish yuzasidan erishgan natijalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shu bilan birga, muhokamalar davomida kelgusida iqtisodiy-moliyaviy islohotlarni jadal davom ettirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, inflatsiyani nazorat qilish, iqtisodiyotda davlat ulushini kamaytirish va xususiy sektor rolini oshirish, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda yuqoridagi masalalar yuzasidan fikrlar almashinuvi jarayonlarini kengaytirish yuzasidan kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling