Valyuta kurslari 12/02/2026
$1 – 12287.31
UZS – -0,18%
€1 – 14644.02
UZS – -0,15%
₽1 – 158.83
UZS – -0,51%
Qidirish
Xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikum xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tartibi belgilandi

Xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikum xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tartibi belgilandi

Xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikum xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tartibi belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hukumat qarori bilan “Xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikumlar xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Ushbu Nizom xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikumlarda (texnikum) xalqaro taʼlim dasturlarini o‘qitishga jalb etilgan quyidagi xodimlar uchun mehnatiga haq to‘lash, ustama belgilash va ularni rag‘batlantirish tartibini belgilaydi: o‘qituvchilar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, texnikum direktori, bosh buxgalter va Xalqaro taʼlim dasturini muvofiqlashtirish bo‘limi xodimlari.

Nizomga ko‘ra, ushbu xodimlarning ish haqi miqdorlariga har oylik 100 foizlik ustama Davlat byudjetidan to‘lanadi hamda yillik xarajatlar smetalarini tuzishda shtatlar jadvali va tarifikatsiyalarni shakllantirish jarayonida ularning tarif stavkasiga qo‘shimcha tarzda belgilanadi.

Texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini o‘qitishga jalb etilgan o‘qituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga rag‘batlantirish miqdorini belgilash bo‘yicha texnikumda doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruh tuziladi.

Ishchi guruhlarning qarori ochiq ovoz berish orqali ishchi guruhlar yig‘ilishlarida ishtirok etayotgan aʼzolarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va ishchi guruhlar rahbarlari tomonidan tasdiqlangan bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling