Valyuta kurslari 11/02/2026
$1 – 12309.99
UZS – -0,08%
€1 – 14666.12
UZS – 0,35%
₽1 – 159.64
UZS – 0,18%
Qidirish
Xalqaro qoʻmita aʼzolari Oʻzbekistonning 2026-yilgi IOI ga tayyorgarligini baholadilar

Xalqaro qoʻmita aʼzolari Oʻzbekistonning 2026-yilgi IOI ga tayyorgarligini baholadilar

Xalqaro qoʻmita aʼzolari Oʻzbekistonning 2026-yilgi IOI ga tayyorgarligini baholadilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 9–16-avgust kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan 38-Xalqaro informatika olimpiadasi doirasida Xalqaro qo‘mita a’zolari O‘zbekistonning tayyorgarlik jarayonlarini baholash maqsadida Toshkent shahrida bo‘lib turibdi.

Bugun qo‘mita a’zolari musobaqa o‘tkaziladigan Central Asian Expo Uzbekistan xalqaro koʻrgazma markazi, olimpiada ishtirokchilari joylashtiriladigan Yangi O‘zbekiston hududidagi 12 ta mehmonxona va Kongress-holldan iborat obyektlarni ko‘zdan kechirib, texnik infratuzilmaga oid masalalarni muhokama qildilar.

Shuningdek, qo‘mita a’zolari Raqamli texnologiyalar vazirligida bo‘lib, IOI–2026’ga O‘zbekistonning tayyorgarlik holati bo‘yicha taqdim etilgan hisobot bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida sohadagi erishilgan natijalar hamda xorijiy AT kompaniyalari uchun mamlakatimizda yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling