Xalqaro migrantlar huquqlarini himoya qilish yo‘lida hamkorlik mustahkamlanmoqda
Xalqaro migrantlar huquqlarini himoya qilish yo‘lida hamkorlik mustahkamlanmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 18-dekabr kuni Xalqaro migrantlar kuni munosabati bilan “Migratsiya va barqaror rivojlanish: barcha uchun huquqlar, himoya va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar, ekspertlar hamda fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etib, migratsiya jarayonlari, migrantlar huquqlarini himoya qilish, odam savdosiga qarshi kurashish va ijtimoiy himoya mexanizmlarini takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar.
Xalqaro konferensiya doirasida Ijtimoiy himoya Milliy agentligi va Migratsiya bo‘yicha Xalqaro tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Migratsiya bo‘yicha Xalqaro tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi.
Ushbu hujjat migrantlar huquqlarini himoya qilish, odam savdosiga qarshi kurashish, ijtimoiy xizmatlar tizimini rivojlantirish, shuningdek ijtimoiy xodimlar malakasini oshirish va xalqaro tajriba asosida institutsional salohiyatni mustahkamlashga qaratilgan.
"Xalqaro migrantlar kuni" munosabati bilan imzolangan hamkorlik memorandumi migrantlar huquqlarini himoya qilish, odam savdosiga qarshi kurashish, ijtimoiy xizmatlar tizimini rivojlantirish hamda institusional salohiyatni xalqaro tajriba asosida mustahkamlashga xizmat qiladi.
Erishilgan kelishuvlar inson qadr-qimmatini himoya qilish, odam savdosining oldini olish va og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan aniq qo‘shma loyiha va dasturlar orqali amalga oshiriladi.