Valyuta kurslari 24/09/2025
$1 – 12171.03
UZS – -0,7%
€1 – 14364.25
UZS – -0,48%
₽1 – 145.92
UZS – -0,52%
Qidirish
Xalqaro mehnat tashkiloti bilan pensiya tizimida aktuar baholash o‘tkazish masalasi muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 22 sentyabr kuni Pensiya jamg‘armasida Xalqaro mehnat tashkiloti vakili P.Annike bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zaro muloqot davomida pensiya tizimida aktuar baholashni o‘tkazish, jumladan xalqaro donor va kreditorlar tomonidan moliyalashtirish imkoniyatlari, shuningdek, aktuar baholashni o‘tkazish bo‘yicha xodimlar malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Bunda, aktuar baholashni amalga oshirish bo‘yicha aniq qadamlarni belgilab olish, mutaxassislarni tayyorlash hamda xalqaro tajribalarni o‘rgangan holda ish tashkil etish zarurligi taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekistonda pensiya tizimini yana-da samarali va barqarorligini taʼminlash maqsadida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling