Valyuta kurslari 07/11/2025
$1 – 12022.92
UZS – 0,44%
€1 – 13843.19
UZS – 0,69%
₽1 – 148.14
UZS – 0,37%
Qidirish
WTM London 2025 ko'rgazmasida O'zbekiston stendiga tashrif buyurganlar sayohat paketlarini yutib olishdi

WTM London 2025 ko'rgazmasida O'zbekiston stendiga tashrif buyurganlar sayohat paketlarini yutib olishdi

WTM London 2025 ko'rgazmasida O'zbekiston stendiga tashrif buyurganlar sayohat paketlarini yutib olishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Londonda turizm sohasida dunyodagi eng yirik xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalardan biri – “World Travel Market London – 2025” doirasida O‘zbekiston vakillari tomonidan qiziqarli tanlov va sovrinli o‘yinlar tashkil etildi.

Turizm qo‘mitasi, O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi va “Milliy PR-markazi” DM ko‘magida tashkil etilgan O‘zbekiston milliy stendiga tashrif buyuruvchilarga O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati haqida yanada chuqurroq ma’lumot beruvchi tarqatma materiallar va risolalar taqdim etildi. Bundan so‘ng mehmonlar maxsus tanlovda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Mazkur yondashuv nafaqat stendga e’tiborni jalb etish, balki ishtirokchilarni mamlakat haqidagi ma’lumotlarni o‘rganishga rag‘batlantirish imkonini berdi.

Sovrin o‘yini belgilangan vaqtda, barcha mehmonlar stend oldiga to‘planganda o‘tkazildi. G‘oliblar tasodifiy tarzda aniqlanib, mukofotlar ishtirokchi kompaniyalar vakillari tomonidan topshirildi.

Tanlov g‘oliblari O‘zbekistonning madaniy va tabiiy merosi bilan tanishish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ldilar. Ularning sayyohlik paketlariga Uzbekistan Airways va Centrum Air aviakompaniyalarining bepul parvoz chiptalari, mamlakatning eng sara mehmonxonalarida yashash, Samarqand, Buxoro, Xiva va Farg‘ona vodiysiga qiziqarli sayohatlar, shuningdek Orol dengiziga tashrif kiritildi. Bundan tashqari, ishtirokchilar o‘zbek hunarmandchiligining boy an’analarini aks ettiruvchi milliy sovg‘alar, kulolchilik buyumlari va boshqa esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tanlov jonli muloqot muhitini yaratib, mehmonlarni O‘zbekiston bilan yanada yaqinroq tanishishga ruhlantirdi hamda mamlakatni xalqaro maydonda targ‘ib qilish umumiy dasturining yorqin qismiga aylandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling