Valyuta kurslari 04/02/2026
$1 – 12258.38
UZS – 0,13%
€1 – 14455.08
UZS – -0,47%
₽1 – 159.49
UZS – -0,26%
Qidirish
Wonkwang University va Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi instituti hamkorlik memorandumini imzoladilar.

Wonkwang University va Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi instituti hamkorlik memorandumini imzoladilar.

Wonkwang University va Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi instituti hamkorlik memorandumini imzoladilar.

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Koreya Respublikasidagi Wonkwang University prezidenti Park Sung-tae boshchiligidagi delegatsiya Qishloq xoʻjaligi sohasida kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutiga tashrif buyurdi.

Tashrifdan maqsad qishloq xoʻjaligi sohasida kadrlar tayyorlashni rivojlantirish, ularning malakasini oshirish va xalqaro taʼlim hamkorligini kengaytirish edi.

Uchrashuv davomida tomonlar ta’lim jarayoniga ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish, o‘quv dasturlarini zamonaviy yondashuvlar asosida boyitish masalalarini muhokama qildilar.

Muzokaralar yakunida hamkorlikning uchta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Xususan: Wonkwang Universitetining yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan institut tinglovchilari uchun masofaviy ta’lim mashg‘ulotlari, shuningdek, institut bazasida an’anaviy darslar va seminarlar o‘tkazilishi, institut xodimlarining Wonkwang Universitetida malaka oshirishi va tajriba almashishi, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi kadrlarining malakasini oshirish bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida Hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumni imzoladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling