Valyuta kurslari 24/10/2025
$1 – 12129.33
UZS – 0,23%
€1 – 14061.53
UZS – 0,21%
₽1 – 149.17
UZS – 0,78%
Qidirish
“Westbridge xususiy bandlik agentligi" MCHJning faoliyati tugatildi

“Westbridge xususiy bandlik agentligi" MCHJning faoliyati tugatildi

“Westbridge xususiy bandlik agentligi" MCHJning faoliyati tugatildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Westbridge xususiy bandlik agentligi” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati to‘xtatilgani maʼlum qilindi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

2025 yil 10 sentyabrda fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashtirish faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan №1035407-sonli litsenziya agentlikning 2025 yil 21 oktyabrdagi o‘z arizasiga ko‘ra bekor qilingan.

O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, ushbu MCHJga fuqarolarni xorijga ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish taʼqiqlanadi.

Agar “Westbridge” bilan bog‘liq murojaat yoki shikoyatlarga ega bo‘lgan fuqarolarni joriy yilning 13 noyabrga qadar Migratsiya agentligiga taqdim etishinga chaqiradi .

Bog‘lanish uchun telefon raqam: (71) 202-33-55 (qisqa raqam — 711).

Idora fuqarolarga xususiy bandlik agentliklari bilan shartnoma tuzishdan oldin my.gov.uz yoki lex.uz saytlari orqali amaldagӣ litsenziya mavjudligini tekshirishni eslatib o‘tdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling