Valyuta kurslari 01/08/2025
$1 – 12692.42
UZS – 0,8%
€1 – 14511.24
UZS – -0,24%
₽1 – 158.44
UZS – 3,0%
Qidirish
O‘zbekiston 02/08/2025 Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik liberallashtirilmoqda

Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik liberallashtirilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Keyingi yillarda yurtimizda bolalarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ularning huquqlari va erkinliklarini davlat tomonidan kafolatlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Senatning 9-yalpi majlisida senatorlar tomonidan muhokama qilingan “Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik yana-da liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ham ana shu islohotlarning mantiqiy davomidir.

Statistik raqamlarga ko‘ra, Mamlakatimizda 2023-yilda 1 911 nafar, 2024-yilda 2214 nafar voyaga yetmagan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan va  sudlangan. O‘tgan yilda  ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar 1 238 ta, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar soni esa 855 tani tashkil qilgan.

Mazkur Qonun “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga doir Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Qonun bilan Jinoyat kodeksining bir qator  moddalariga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilmoqda.

Jumladan, o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar sodir etgan o‘ta og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun jazoni o‘tab bo‘lgan shaxs sudlanmagan deb hisoblanishi belgilanmoqda.

Shuningdek, Qonunda voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikni cheklashning hamda ozodlikdan mahrum qilishning eng kam muddati olti oydan bir oygacha qisqartirilishi nazarda tutilmoqda.

Senatorlarning fikricha, ushbu Qonun voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlikni yana-da liberallashtirishga xizmat qiladi va o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsga hayotini sudlanganlik tamg‘asidan xoli tarzda davom ettirishi uchun sharoit yaratadi.

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling