Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Voyaga yetmagan shaxslar uchun jinoiy javobgarlik liberallashtirildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–1092-sonli Qonuni (2025 yil 23 oktyabr) bilan “Jinoyat kodeksi”ga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi.
Yangi tartibga muvofiq, o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar jinoyat sodir etgan shaxs tayinlangan jazoni to‘liq o‘tab bo‘lganidan so‘ng sudlanmagan deb hisoblanadi.
Biroq, bu qoida o‘ta og‘ir jinoyatlar yoki jazoni o‘tab bo‘lganidan so‘ng o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar qasddan yangi jinoyat sodir etgan holatlarga taalluqli emas.
Shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish jazolarining eng kam muddati olti oydan bir oygacha qisqartirildi.