Valyuta kurslari 08/10/2025
$1 – 12038.68
UZS – 0,13%
€1 – 14044.32
UZS – 0,13%
₽1 – 146.62
UZS – 1,29%
Qidirish
“Villa operatsiyasi” muvaffaqiyatli yakunlandi

“Villa operatsiyasi” muvaffaqiyatli yakunlandi

“Villa operatsiyasi” muvaffaqiyatli yakunlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Emaratalyoum.com” ning xabar berishicha, Dubay politsiyasi tomonidan o‘tkazilgan maxsus reyd davomida yashash uchun mo‘ljallangan villada giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi. Operatsiya natijasida ikki nafar Osiyo fuqarosi qo‘lga olinib, katta miqdordagi narkotik vositalar musodara qilindi.

Jinoyatchilar haqida dastlabki ma’lumotlar Dubay razvedka xizmatidan olingan bo‘lib, maxsus tergov guruhi tomonidan ularning harakatlari puxta o‘rganilgan. Dastlab, guruh a’zolaridan biri tuzoqqa ilintirilib qo‘lga olinib, tergov davomida u sherigining shaxsini fosh etgan va navbatdagi reydda ikkinchi gumondor ham narkotiklarni qadoqlayotganda ushlangan.

Reyd davomida jami 40 kilogramm narkotiklar – ketamin, kristall metamfetamin, marixuana, gashish va ularni tayyorlashda ishlatiladigan kimyoviy moddalar hamda suyuqliklar musodara qilingan.

Narkotiklarga qarshi kurash bosh boshqarmasi direktori Brigadier Xolid bin Muvaizaning takidlashicha bu muvaffaqiyatli amaliyot Dubay politsiyasining giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi qat’iy kurash olib borayotganini tasdiqlaydi.

Jinoyatlarga qarshi kurashda ilg‘or texnologiyalar, jumladan yuqori malakali xodimlar raqamlashtirilgan tizimdan samarali foydalanayotganligi natijasida, hatto chetdan turib boshqarilayotgan jinoyat tarmoqlari ham tezlikda fosh etilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling