Valyuta kurslari 13/02/2026
$1 – 12275.58
UZS – -0,1%
€1 – 14591.98
UZS – -0,36%
₽1 – 159.09
UZS – 0,16%
Qidirish
Vazir Laziz Qudratov JICA bilan Oʻzbekiston-Yaponiya hamkorligini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Vazir Laziz Qudratov JICA bilan Oʻzbekiston-Yaponiya hamkorligini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Vazir Laziz Qudratov JICA bilan Oʻzbekiston-Yaponiya hamkorligini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Kudratov JICA’ning Afg‘oniston bo‘yicha ofisi rahbari Sota Tosaka bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligini yanada rivojlantirish hamda mintaqaviy formatdagi o‘zaro hamkorlikning tashkiliy jihatlari muhokama qilindi.

Samarali muvofiqlashtirishni ta’minlash, vakolatxona faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va institutsional sheriklikni mustahkamlash bo‘yicha amaliy qadamlar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston tomoni yapon tomonining tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga hamda konstruktiv muloqotni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Shuningdek, investitsiyaviy va infratuzilmaviy hamkorlikni kengaytirish, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash hamda barqaror rivojlanish loyihalarini amalga oshirish istiqbollari alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Tomonlar qo‘shma ishlarni izchil davom ettirishdan o‘zaro tayyorliklarini bildirdilar.

JICA O‘zbekistonning asosiy hamkorlaridan biri hisoblanadi - jalb qilingan mablag‘lar hajmi 8,3 mlrd dollardan oshadi.

Energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va infratuzilma sohalarida amalga oshirilgan va davom etayotgan loyihalar, shuningdek xususiy sektorni moliyalashtirish va grant dasturlari strategik hamkorlikning uzoq muddatli va kompleks xususiyatini tasdiqlaydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling