Vashingtonda AQSh Kongress kutubxonasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Vashingtonda AQSh Kongress kutubxonasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Vashingtonga amalga oshirilgan xizmat tashrifi doirasida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova Library of Congress — AQSh Kongressi kutubxonasiga tashrif buyurdi.
Delegatsiya uchun O‘zbekistonga oid kolleksiyalar bo‘yicha maxsus ekskursiya tashkil etildi. Mazkur tashrif xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda mamlakatimiz madaniy va adabiy merosining global maydondagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan izchil ishlarning tarkibiy qismi bo‘ldi.
Ekskursiyani Yaqin Sharq va Afrika bo‘limi rahbari Joan Uiks olib bordi. Delegatsiya O‘zbekiston tarixi va intellektual an’analarini aks ettiruvchi noyob qo‘lyozmalar, bosma nashrlar hamda arxiv materiallari bilan tanishdi. Shuningdek, kutubxona fondlarini kataloglashtirish tamoyillari va saqlash standartlari yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.
Tashrif yakunida kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Jumladan, raqamlashtirish tashabbuslarini ilgari surish hamda ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.