Vashington xalqaro yordamni qisqartirdi: O‘zbekiston, Moldova va boshqa davlatlardagi loyihalar bekor qilindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — AQSH davlat kotibi Marko Rubio umumiy qiymati 215 million AQSH dollariga teng bo‘lgan xorijiy moliyaviy yordamni bekor qilish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda Hukumat faoliyati samaradorligini oshirish boshqarmasi (DOGE) xabar berdi.
Vazirlik bayonotiga ko‘ra, Rubio tashqi yordam dasturlarini batafsil qayta ko‘rib chiqishni davom ettirmoqda va bu jarayon doirasida maqsadga muvofiq emas deb topilgan 139 ta grant bekor qilindi, umumiy qiymati 215 million dollarni tashkil etadi.
Bu qaror taʼsir etgan davlatlar ro‘yxatiga O‘zbekiston ham kirdi — bu yerda fuqarolik faolligini qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan 2,5 million dollarlik grant bekor qilindi.
Shuningdek, Belorussiya, Bolgariya, Braziliya, Buyuk Britaniya, Livan, Mavritaniya, Moldova va Tunisdagi qator loyihalar uchun moliyalashtirish to‘xtatildi.