Uzum va DataVolt AKT haftaligida hamkorlik memorandumini imzoladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — ICT Week doirasida butun dunyo bo‘ylab eng zamonaviy ma’lumotlar markazlarini qurayotgan DataVolt kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Uzum O‘zbekistonda o‘zining IT infratuzilmasini faol rivojlantirmoqda va hamkorlik tufayli xizmatlarni yanada kengaytirish uchun qo‘shimcha quvvatlarga ega bo‘ladi.
Mahalliy raqamli infratuzilmani rivojlantirish O‘zbekiston iqtisodiyotini raqamlashtirishni jadallashtirish va mamlakatimizning mintaqaviy IT-xab sifatidagi mavqeini mustahkamlashning kalitidir. Bizni DataVolt bilan nafaqat mamlakat salohiyatiga bo‘lgan ishonch, balki ushbu salohiyat uchun zarur bo‘lgan poydevorga sarmoya kiritishga tayyorlik birlashtiradi: odamlar, "temir", xizmatlar, — deydi Uzum ekotizimi asoschisi va bosh direktori Djasur Djumayev.
Uzum bilan hamkorligimiz DataVolt kompaniyasining O‘zbekistonda raqamli transformatsiyani ta’minlash borasidagi faoliyatida muhim bosqich hisoblanadi. Uzum'ning bozordagi yetakchiligini DataVolt kompaniyasining barqaror raqamli infratuzilma sohasidagi tajribasi bilan birlashtirib, biz mamlakatda jahon darajasidagi bulutli va sun’iy intellektni yaratishga zamin yaratamiz, — DataVolt kompaniyasining bosh vitse-prezidenti Anil Vijayachandran.