"UZUM TEZKOR" MCHJ XK raqamli platforma bozorida ustun mavqega ega operator sifatida tan olindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobat qo‘mitasining tegishli buyrug‘i bilan tayyor ovqat va boshqa isteʼmol mahsulotlarini buyurtma berish va yetkazib berish agregatori xizmati bozorida “Uzum Tezkor” MCHJ XK ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb eʼtirof etildi.
“Uzum Tezkor” MCHJ XKning bu sohada ustun mavqega erishilgani haqidagi xabarnomasi.
Shuningdek, Qo‘mita tomonidan ustun mavqega ega raqamli platforma operatori faoliyatini raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq, ustun mavqeini suiisteʼmol qilish holatlarini oldini olish maqsadida majburiy tartibda Monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etiladi va tegishli tartibda monitoring o‘tkazib borilishi maʼlum qilinadi.