Uzum "O‘zbekiston pochtasi" AJ’ni xususiylashtirish bo‘yicha savdolarda ishtirok etish uchun ariza topshirdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy raqamli ekotizim Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga rasmiy so‘rov yubordi va "O‘zbekiston pochtasi" AJ’dagi davlat ulushini sotib olish huquqi uchun o‘tkaziladigan savdolarda ishtirok etishga tayyor. Avvalroq ekotizim vakillari ta’kidlaganidek, pochta operatori Uzum’ning asosiy hamkorlaridan biri va kompaniya pochtaning logistika va IT infratuzilmasini faol rivojlantirishga tayyor.
— Bizning ishonchimiz komil, pochta xizmati — davlatning eng muhim aktivlaridan biri, shuning uchun uni boshqarish nafaqat biznes, balki milliy manfaatlarni ham hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak, — deya ta’kidlashdi Uzum’da. — Pochta bir qator muhim ijtimoiy funksiyalarni bajaradi, butun mamlakat bo‘ylab minglab ish o‘rinlarini ta’minlaydi va aynan O‘zbekiston IT-kompaniyasi bilan sinergiya samaradorlik va ijtimoiy ish o‘rtasidagi muvozanatni saqlashga, shuningdek, UzPostning barcha hamkorlari, xoh o‘zbekistonlik yoki chet ellik o‘yinchilar, xoh yirik yoki kichik biznes bo‘lsin, manfaatlarini muvozanatlashtirishga imkon beradi.
Avval ta’kidlanganidek, bugungi kunda Uzum Market va UzPost’ning 650 dan ortiq hamkorlikdagi buyurtma topshirish punktlari mavjud bo‘lib, Uzum Market pochta operatori infratuzilmasi orqali yetkazib beriladigan buyurtmalar sonini bir necha barobarga oshirishni rejalashtirmoqda.