“Uzum Nasiya” aksiyadorlik jamiyati “Toshkent” fond birjasida ikkinchi marta obligatsiyalarini joylashtirishni amalga oshirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Makesense” MChJ, “Solutions Lab” AJ (“Uzum Nasiya“ xizmati operatori)ning egasi sifatida, “Toshkent” RFB'da ikkinchi obligatsiya emissiyasini joylashtirmoqda. Ochiq obuna asosida 4 000 dona obligatsiya, jami 400 mlrd so‘m hajmida taklif etilmoqda.
Har bir obligatsiyaning nominal qiymati 100 mln so‘m, yillik 24% kupon stavkasi bilan belgilangan. Kupon to‘lovlari har chorakda amalga oshiriladi. Muomalada bo‘lish muddati — 2025-yil 3-noyabrdan 2027-yil 23-oktabrgacha. Emittent tomonidan obligatsiyalarni 60 kun ichida qayta sotib olish imkoniyati ham nazarda tutilgan.
Jalb qilingan mablag‘lar “Uzum Nasiya“ xizmatini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Kompaniya hisobotlariga ko‘ra, 2025-yil II choragi holatiga kredit va qarzlar hajmi $443 mlnni, foiz daromadlari esa $75 mlnga yetgan.
Avvalroq, 2025-yil mart oyida, kompaniya 300 mlrd so‘mlik birinchi obligatsiya emissiyasini muvaffaqiyatli joylashtirgan edi. Birinchi emissiyada yillik 25% kupon stavkasi belgilangan bo‘lib, har bir obligatsiyaning nominal qiymati 500 mln so‘mni tashkil etgan.