Valyuta kurslari 26/11/2025
$1 – 11936.89
UZS – -0,43%
€1 – 13769.20
UZS – -0,39%
₽1 – 151.56
UZS – -0,3%
Qidirish
Uzum fintex yo‘nalishlarini kengaytirish uchun Amerika fondidan 300 mlrd so‘m investitsiya jalb qildi

Uzum fintex yo‘nalishlarini kengaytirish uchun Amerika fondidan 300 mlrd so‘m investitsiya jalb qildi

Uzum fintex yo‘nalishlarini kengaytirish uchun Amerika fondidan 300 mlrd so‘m investitsiya jalb qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Uzum Fintech kompaniyasi 300 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ jalb qilganini maʼlum qildi, bu taxminan 25 mln AQSH dollariga teng.

Mablag‘ni rivojlanayotgan bozorlarda faoliyat yurituvchi eng yirik xalqaro investorlardan biri — AQSHdagi VR Capital fondi taqdim etdi. Bu fondning Uzum‘ga ikkinchi marotaba kiritgan investitsiyasi bo‘lib, O‘zbekiston raqamli iqtisodiyoti rivojiga bo‘lgan ishonchning muhim belgisi sifatida baholanmoqda.

Kompaniya taʼkidlanishicha, jalb qilingan mablag‘lar kompaniyaning asosiy fintex-yo‘nalishlari — raqamli banking, to‘lov infratuzilmasi va isteʼmol kreditlashini yana-da tez rivojlantirish imkonini beradi.

Uzum dasturli ravishda mahalliy infratuzilmaga tayanib, millionlab foydalanuvchilar uchun qulay va keng qamrovli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirishda davom etishini bildirmoqda.

Ayniqsa, investitsiyaning milliy valyutada jalb qilingani muhim ahamiyatga ega. Bu so‘mning xalqaro hisob-kitoblardagi rolini mustahkamlaydi va mamlakatda korporativ moliyalashtirish barqarorligini oshirishga hissa qo‘shadi.

Kompaniya maʼlumotlariga ko‘ra, bugungi kunda Uzum ekotizimi xizmatlaridan 20 mln ga yaqin O‘zbekiston aholisi foydalanmoqda.

Kompaniya o‘z navbatida mamlakatning eng yirik raqamli platformasini yana-da rivojlantirish va iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasiga ko‘maklashish niyatida ekanini taʼkidlamoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling