Uzum 2026 yilda 300 million dollarlik yevroobligatsiyalar chiqarishni rejalashtirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Uzum 2026 yilning birinchi yarmida 300 million dollar miqdoridagi debyut yevroobligatsiyalar chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg nashri kompaniyaning hamasoschisi va strategiya hamda biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Nikolay Seleznyovga tayanib xabar berdi.
Shuningdek, kompaniya 2027 yilda aksiyalarning dastlabki ommaviy joylashtirilishi (IPO)ga tayyorgarlikni boshladi. Platforma sifatida Gonkong, Abu-Dabi va AQSHning Nasdaq birjasi ko‘rib chiqilmoqda.
Joriy yil mart oyida Uzum Toshkent Respublika fond birjasida broker Alkes ishtirokida 300 milliard so‘mlik ilk obligatsiyalarni chiqardi. Kafolatsiz obligatsiyalar institutsional investorlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, eng yirik paket xususiy bank tomonidan sotib olindi.
Biroq Nikolay Seleznyovning taʼkidlashicha, mahalliy fond bozori kompaniyanir emas. «Toshkent fond birjasidagi savdo hajmlari hali mamlakatning ambitsiyalariga mos kelmayapti. Shuning uchun biz boshqa manbalarni ham ko‘rib chiqmoqdamiz», — dedi u.
Uzum guruhi hamasoschisi va rahbari Jasur Jumayev Toshkent xalqaro investitsiya forumda kompaniyaning o‘rta muddatli istiqbolda likvidlikni oshirish rejalari haqida so‘zladi. Uning aing moliyalashtirish bo‘yicha ulkan rejalarini qondirishga qodytishicha, bu turli formatlarda — IPO, strategik hamkorlik yoki mintaqaning yirik kompaniyalari bilan global alyans yaratish orqali amalga oshishi mumkin.
«Agar likvidlik sohasidagi tashabbuslar haqida gapiradigan bo‘lsak, ehtimol, yaqin 2–3 yil ichida bunday qadamlarni ko‘rasiz. IPO o‘tkazish mening orzuyim», — deya qo‘shimcha qildi Jumayev.
Avgust oyida Uzum Xitoyning Tencent xoldingi (WeChat egasi) va xalqaro investitsiya fondi VR Capitaldan 70 million dollar investitsiya jalb qildi. Tencent uchun bu — O‘zbekiston kompaniyasiga qilingan ilk texnologik investitsiya bo‘ldi. Ushbu mablag‘larni jalb etgandan keyin Uzum ekotizimining bahosi taxminan 1,5 milliard dollarga yetdi.
Jalb qilingan investitsiyalar fintex infratuzilmasini rivojlantirish, mahsulot turlarini kengaytirish, raqamli e-commerce yechimlarini yaratish hamda Uzum‘ning onlayn savdo va moliyaviy texnologiyalar bozoridagi mavqeini mustahkamlashga yo‘naltiriladi.