Valyuta kurslari 18/11/2025
$1 – 12009.92
UZS – -0,25%
€1 – 13933.91
UZS – -0,42%
₽1 – 147.80
UZS – -0,92%
Qidirish
UzTest Malayziyaning SIRIM QAS International kompaniyasi bilan memorandum imzoladi

UzTest Malayziyaning SIRIM QAS International kompaniyasi bilan memorandum imzoladi

UzTest Malayziyaning SIRIM QAS International kompaniyasi bilan memorandum imzoladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “UzTest” va Malayziyaning yetakchi muvofiqlikni baholash tashkiloti SIRIM QAS International Sdn. Bhd o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum imzolash marosimida Malayziya Bosh vaziri o‘rinbosari, Investitsiya, savdo va sanoat vaziri Datuk Bahria xonim Mahd Tamil, Malayziya Raqamlashtirish vaziri Gobind Singh Deo, Sirim Qas International raisi Dr. Khairol Anuar Mohamad Tawilar ishtirok etdi.

Xalqaro standartlar va muvofiqlikni baholash bo‘yicha tajriba almashish, laboratoriya sinovlari va sertifikatlashtirish xizmatlarini takomillashtirish hamda O‘zbekiston korxonalarining mahsulotlarini Malayziya va Janubiy Osiyo mamlakatlari bozorlariga eksport qilish uchun SIRIM QAS International ko‘magidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.

“UzTest” va SIRIM QAS International o‘rtasidagi ushbu kelishuv ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlab, sifat infratuzilmasini rivojlantirishda muhim amaliy natijalarga zamin yaratadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling