Valyuta kurslari 26/09/2025
$1 – 12199.71
UZS – -0,16%
€1 – 14328.56
UZS – -0,35%
₽1 – 146.09
UZS – 0,08%
Qidirish
"UzCargo" Buyuk Britaniyaga yuk eksporti uchun xalqaro "RA3" maqomini tasdiqladi

"UzCargo" Buyuk Britaniyaga yuk eksporti uchun xalqaro "RA3" maqomini tasdiqladi

"UzCargo" Buyuk Britaniyaga yuk eksporti uchun xalqaro "RA3" maqomini tasdiqladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "Uzbekistan Airports" yuk operatori "UzCargo" o‘zining xalqaro "RA3" (Regulated Agent Third Country) maqomini muvaffaqiyatli qayta tasdiqlab, Buyuk Britaniyaga yuk va pochtalarni jo‘natishga tayyorlash huquqini tasdiqladi.

"RA3" maqomi Yevropadan tashqaridagi yuk terminallariga akkreditatsiyalangan Yevropa Ittifoqi yoki Buyuk Britaniya auditorlari tomonidan mustaqil tekshiruvdan so‘ng beriladi. Yevropa ittifoqi yuk tashish standartlariga muvofiqligi tekshirilganidan so'ng, "RA3" maqomini berish to'g'risida qaror qabul qilinadi. Joriy yilda “UzCargo” yuk terminali yangi joyga ko‘chirilganidan so‘ng qayta tasdiqlashdan o'tdi.

"RA3 maqomini olish Oʻzbekistonning xalqaro havo yuklari logistikasi xaritasidagi oʻrnini mustahkamlashda muhim qadamdir. Endi biz toʻgʻridan-toʻgʻri Buyuk Britaniyaga yuklarni joʻnatishimiz mumkin, bu esa yangi eksport va tranzit imkoniyatlarini ochadi hamda yirik aviakompaniyalar va mijozlarning terminalimizga ishonchini oshiradi”, - deya qoʻshimcha qilishdi "UzCargo" vakillari.

"RA3" maqomini olish va tasdiqlash "Uzbekistan Airports Cargo"ning  aviakompaniyalar uchun Markaziy Osiyodagi ishonchli strategik hamkor sifatidagi mavqeini mustahkamlaydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling