“UzCard“ning foydasi 2025 yilda $100 mlndan oshdi

“UzCard“ning foydasi 2025 yilda $100 mlndan oshdi

“UzCard“ning foydasi 2025 yilda $100 mlndan oshdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Yagona umumrespublika protsessing markazi“ AJ (UzCard) to‘lov operatorining 2025 yildagi sof foydasi MHXS (IFRS) bo‘yicha $103,8 mlnni tashkil etdi, bu esa undan oldingi yilga nisbatan ($75,8 mln) 37,0%ga ko‘pdir.

Umumiy aktivlar 58,3%ga ko'payib, $90,2 mlnni tashkil etdi. Sof operatsion foyda 68,8%ga o‘sib, $120 mlndan oshdi.

2022 yil oktabr oyida “UzCard“dagi ilgari besh davlat bankiga tegishli bo‘lgan 75% davlat ulushi kompaniyaning to‘rt nafar jismoniy shaxsga — jami 25% ulushga ega bo‘lgan aksiyadorlarga sotilgan edi.

Davlat ulushi o‘sha paytda 210,1 mlrd so‘mga sotilgan edi. Shu tariqa, to‘lov tizimi taxminan 280 mlrd so‘mga (2022 yil oktabr oyidagi kurs bo‘yicha $25,2 mln) baholangandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling